Asosiy mazmunga o‘tish

AloqaBank Yoshlar Biznes Inkubatori

Orzuingizdagi kasb — bir qadam narida. Bepul o‘qing, hamkor korxonalarda tajriba orttiring va birinchi maoshingizni oling yoki o‘z biznesingizni boshlang.

Hamkorlarimiz va ekotizim

  • my.gov.uz
  • AloqaVentures
  • AloqaBusiness
  • sello!
  • AloqaBank
  • Yoshlar ishlari agentligi
  • Startup Garage
  • Bandlik agentligi

Biz haqimizda

Inkubator kimlar uchun?

AloqaBank qoshidagi markaz. Yoshlarga kasb o‘rganish, ish topish va o‘z biznesini boshlashda yordam beramiz.

  • Ish izlayotgan yoshlar

    Bepul kasb o‘rganasiz, amaliyot o‘taysiz va ish topishda yordam olasiz.

  • Kichik biznes egalari

    Biznesingizni rivojlantirish uchun o‘qish, mentor maslahati va imtiyozli kredit imkoniyati.

  • Startaplar

    Kovorkingda ishlaysiz, mentorlar va investorlar bilan tanishasiz.

Raqamlarda

Inkubator bir qarashda

barcha kurslar bepulO‘qish, amaliyot va maslahat uchun pul to‘lamaysiz
0 so‘m
hududda bormizYaqiningizdagi inkubatorga keling
14 ta
bepul kurs12 ta yo‘nalishda
30 ga yaqin
o‘qish muddatiOnline, offline va amaliyot
3–6 oy
yoshdagilar uchunIsh izlayotgan yoki biznes boshlamoqchi bo‘lganlar
18–30
tajribali mutaxassislardanKasbni o‘z ishining ustalaridan o‘rganasiz
Trenerlar va masterklasslar
hamkor korxonalardaBilimingizni haqiqiy ishda sinab ko‘rasiz
Amaliyot
va o‘quv xonalariLoyihangiz ustida ishlash uchun joy
Kovorking

Qanday ishlaydi

Ro‘yxatdan o‘tishdan birinchi ishgacha

Har bir qadamda yoningizdamiz

  1. Qadam 01

    Ro‘yxatdan o‘tasiz

    Yosh tadbirkorlar platformasida bir necha daqiqada ro‘yxatdan o‘tasiz

  2. Qadam 02

    Yo‘nalish tanlaysiz

    Mutaxassislarimiz qiziqishingiz va maqsadingizga mos kursni tanlashga yordam beradi

  3. Qadam 03

    Bepul o‘qiysiz

    3–6 oy davomida trenerlar bilan darslar, masterklasslar va real loyihalar

  4. Qadam 04

    Amaliyot o‘taysiz

    Hamkor korxonalarda ishlab, tajriba va portfolio to‘playsiz

  5. Qadam 05

    Ish yoki o‘z biznesingiz

    Ishga kirasiz, birinchi buyurtmani olasiz yoki o‘z ishingizni boshlaysiz

Bitirgandan keyin ham

O‘qishni tugatganingizdan keyin ham 3 oy davomida siz bilan aloqada bo‘lamiz va maslahat beramiz

Afzalliklar

Nega aynan biz?

Kasb o‘rganish uchun pul kerak emas.

Kurslar, amaliyot va mentor maslahati bepul. Sizdan faqat o‘rganish istagi kerak.

  • Bepul o‘qish

    Kurs, darslar va amaliyot uchun hech narsa to‘lamaysiz

  • Trenerlar va masterklasslar

    Kasbni amaliyotchi mutaxassislardan o‘rganasiz

  • Haqiqiy amaliyot

    Hamkor korxonalarda ishlab, tajriba orttirasiz

  • Ish topishda yordam

    Yaxshi natija ko‘rsatganlarni hamkor korxonalarga tavsiya qilamiz

Kurslar

30 ga yaqin bepul kurs

12 ta yo‘nalish · 3–6 oy · onlayn, oflayn va amaliyot. Kursni bosing — nimalarni o‘rganishingiz va qayerda ishlashingiz mumkinligini ko‘rasiz.

ta kurs
28
tasi birinchi ochiladi
20

Natijalar

Kursdan keyin hayot qanday o‘zgaradi

To‘rt xil yo‘l, to‘rt xil natija. Har biri — kurslarimiz sizni qayerga olib borishi mumkinligining namunasi.

  • Namunaviy yo‘l

    Kollejni bitirgan, ish topolmayotgan yigit

    1. Boshlanish

      Kollejni bitirdi, lekin tajribasi yo‘qligi uchun hech qayerda ishga olishmayapti.

    2. Kurs

      Kassir kursida onlayn kassa, to‘lov turlari va xaridor bilan muomalani o‘rganadi.

    3. Amaliyot

      Hamkor supermarketda ustoz yonida haqiqiy smenalarda ishlaydi.

    4. Natija

      Amaliyot o‘tagan supermarketning o‘zi uni doimiy ishga taklif qiladi.

    Birinchi rasmiy ishKassir kursi haqida
  • Namunaviy yo‘l

    Uydan ishlashni istagan qiz

    1. Boshlanish

      Instagramni yaxshi biladi, lekin bundan qanday pul topishni bilmaydi.

    2. Kurs

      SMM kursida kontent-reja tuzish, reels tayyorlash va reklama sozlashni o‘rganadi.

    3. Amaliyot

      Hamkor kafening sahifasini bir oy yuritib, birinchi portfoliosini to‘playdi.

    4. Natija

      Uydan turib bir nechta kichik biznesning sahifasini yuritadi.

    Uydan turib daromadSMM mutaxassisi kursi haqida
  • Namunaviy yo‘l

    Mahalladagi kichik do‘kon egasi

    1. Boshlanish

      Kiyim do‘koni bor, lekin xaridorlar tobora kamayib bormoqda.

    2. Kurs

      “Marketpleysga olib chiqish” kursida mahsulot kartochkasi, narx va reklamani o‘rganadi.

    3. Amaliyot

      Kurs davomida o‘z mahsulotlarini marketpleysga chiqaradi va birinchi buyurtmalarni oladi.

    4. Natija

      Endi faqat mahallaga emas, butun respublikaga sotadi.

  • Namunaviy yo‘l

    Tanish-bilish orqali ishlaydigan usta yigit

    1. Boshlanish

      Elektr ishlaridan xabari bor, lekin tizimli bilimi va tavsiyanomasi yo‘q.

    2. Kurs

      Elektromontajchi kursida xavfsizlik qoidalari, sxema o‘qish va shit yig‘ishni o‘rganadi.

    3. Amaliyot

      Hamkor qurilish kompaniyasining obyektida tajribali usta bilan ishlaydi.

    4. Natija

      Kompaniya bilan shartnoma asosida ishlaydi, bo‘sh vaqtida o‘z buyurtmalarini oladi.

    Barqaror buyurtmalarElektromontajchi kursi haqida

Bu hikoyalar haqiqiy bitiruvchilar haqida emas — ular kurslar qanday natija berishi mumkinligini ko‘rsatadigan namunalar. Birinchi bitiruvchilarimizning hikoyalari tez orada shu yerda bo‘ladi.

Boshlash oson

Ro‘yxatdan o‘ting va xizmatlarimizdan foydalaning

  1. Ro‘yxatdan o‘ting

    Yosh tadbirkorlar platformasida

  2. Kursni tanlang

    o‘zingizga yoqqan yo‘nalishni

  3. O‘qishni boshlang

    eng yaqin inkubatorda