Asosiy mazmunga o‘tish

Marketpleysda sotishni qayerdan boshlash kerak

Uzum, Wildberries yoki Yandex Market — qaysi biri sizga mos? Birinchi mahsulotni chiqarishdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan asosiy narsalar.

5 daqiqa o‘qish

Onlayn savdo

Marketpleys nima va u nega qulay

Marketpleys — minglab sotuvchilar o‘z mahsulotini bitta saytda sotadigan onlayn bozor. Siz do‘kon ijarasi va kassir haqida bosh qotirmaysiz: xaridorni platforma olib keladi, siz esa mahsulot va narx bilan shug‘ullanasiz.

1. Nima sotishni tanlang

Eng yaxshi boshlanish — siz yaxshi biladigan yoki o‘zingiz ishlab chiqaradigan mahsulot. Marketpleysda shu mahsulotni qidirib ko‘ring: nechta sotuvchi bor, narxlar qanday, xaridorlar sharhlarda nimadan noliyapti.

2. Xarajatlarni oldindan hisoblang

Ko‘p yangi sotuvchilar faqat mahsulot tannarxini hisoblab, zarar ko‘radi. Narxni belgilashdan oldin quyidagilarni ham qo‘shing:

  • Marketpleys komissiyasi
  • Omborga yetkazish va saqlash xarajati
  • Qadoqlash
  • Reklama uchun byudjet
  • Qaytarilgan tovarlar uchun zaxira

3. Kartochkani sifatli tayyorlang

Xaridor mahsulotni ushlab ko‘ra olmaydi, shuning uchun hamma narsani rasm va tavsif hal qiladi. Yorug‘ joyda olingan aniq rasmlar, o‘lchami va tarkibi yozilgan tavsif sotuvni sezilarli oshiradi.

4. Birinchi sharhlar uchun harakat qiling

Sharhi yo‘q mahsulotni kam xarid qilishadi. Birinchi haftalarda kichik chegirma yoki aksiya bilan dastlabki xaridorlarni jalb qiling va har bir savolga tez javob bering.

Yolg‘iz qolmang

“Marketpleysga olib chiqish” kursimizda bu qadamlarni ustoz bilan birga, o‘z mahsulotingiz misolida bosib o‘tasiz.

Barcha maqolalar

O‘qish yetarli emas — sinab ko‘ring

Bepul kursga yoziling va o‘rganganingizni haqiqiy ishda qo‘llang.

Ro‘yxatdan o‘tish