Tajriba talab qilinmaydigan 6 ta kasb
Ba’zi kasblarda ish beruvchi tajribani emas, xohish va o‘rganish tezligini qadrlaydi. Qisqa kursdan keyin tez ish boshlash mumkin bo‘lgan kasblarni jamladik.
4 daqiqa o‘qish
KaryeraNega ba’zi kasblarda tajriba shart emas
Savdo, xizmat ko‘rsatish va logistika sohalarida xodimga talab katta, ishni o‘rgatish esa uncha uzoq vaqt olmaydi. Shuning uchun bu yerda ish beruvchilar ko‘pincha “tajriba” emas, “muomala, mas’uliyat va o‘rganishga tayyorlik” deb yozadi.
Quyidagi kasblarni 3–4 oylik kurs va amaliyotdan so‘ng boshlash mumkin.
1. Kassir
Supermarket va dorixonalar doim yangi xodim izlaydi. Kassa apparati, to‘lov turlari va xaridor bilan muomalani bilsangiz, ishga kirish ancha osonlashadi.
2. Sotuvchi-maslahatchi
Odamlar bilan gaplashishni yoqtirsangiz, bu siz uchun. Yaxshi sotuvchi tez o‘sadi: katta do‘konlarda katta sotuvchi va filial rahbarigacha ko‘tarilish mumkin.
3. Ofitsiant va barista
Kafe va restoranlar soni yildan yilga oshmoqda. Bu ishlar smenali bo‘lgani uchun o‘qish bilan birga ishlashga ham qulay.
4. Call-markaz operatori
Banklar va onlayn do‘konlar ravon gapiradigan, sabrli yoshlarni izlaydi. Kompyuterda ishlash va muloqot qoidalarini bilish kifoya.
5. Omborchi
Onlayn savdo o‘sishi bilan omborlar ham ko‘paymoqda. Skaner va ombor dasturida ishlashni bir necha haftada o‘rganish mumkin.
6. Marketpleys operatori
Telefon va kompyuterda bemalol ishlasangiz, marketpleysda sotayotgan tadbirkorlarga yordamchi bo‘lishingiz mumkin. Bu ishni ko‘pincha masofadan ham bajarsa bo‘ladi.
Qanday boshlash kerak
Bu kasblarning barchasi inkubatorimizda bepul o‘qitiladi. Ro‘yxatdan o‘ting, kursni tanlang va amaliyot orqali birinchi tajribangizni oling.


